Kitob Muallifi: Noma'lum
Kitob janri: Islomiy kitoblar;
Adabiyot turi: Qo'llanma
Kitob tili: O'zbek tili
Nashr yili: 2019
Kitob haqida
Ushbu namoz kitobi muqaddas islom dinimizning 5 ta ustunlaridan biri bo’lgan ibodat haqidadir.
Kitobdan parcha:
Islom tinchlikka, poklikka, insoniylikka, mehr-muruvvatga, vatanparvarlikka, ilm olishga chaqiruvchi dindir. U insonni ikki dunyo saodatiga yetkazadi. Quyidagilar Islom dinining ruknlaridir:
1. Imon.
2. Har kuni besh mahal namoz o‘qish.
3. Ramazon oyida o‘ttiz kun ro‘za tutish.
4. Zakot berish. Zakot Islomda moliyaviy ibodatdir. Ya’ni boyligi hisobga (muayyan miqdorga) yetgan musulmonning yilda bir marta haqdorlarga zakot berishi farz.
5. Haj qilish. Bu amal moddiy jihatdan qurbi yetadigan musulmonlargagina farzdir.
Quyidagilarga ishongan kishi imonlidir:
1) Allohga;
2) Allohning farishtalariga;
3) Allohning kitoblariga;
4) Allohning payg‘ambarlariga;
5) Oxirat kuniga;
6) Taqdirga, ya’ni yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga;
7) O‘limdan keyin qayta tirilmoqqa.
Namoz haqida
Namoz Islomning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Alloh taolo bandalariga farz qilib qo‘ygan. Namoz Alloh bergan hadsiz-hisobsiz ne’matlarga bandasining shukronasi hamdir. Namoz ibodati tufayli kishining Alloh nazdidagi darajasi yuksaladi. Namozxon oxirat hayotiga tayyorgarlik ko‘rib boradi. Turli bahonalar bilan namoz o‘qimay yurgan kishi Allohning buyrug‘iga qarshi chiqqan bo‘ladi. Bu esa, katta musibatdir.
Qur’oni karimda namoz o‘qish amr etilgan ko‘plab oyatlar bor (mazmunlari):
«Namozni mukammal ado etingiz, zakot beringiz va ruku qiluvchilar bilan birga ruku qilingiz» (Baqara, 43).
“Namozni mukammal ado etingiz va zakot beringiz!” (Baqara, 110).
«Alloh imonlaringizni (Baytul-Maqdisga qarab o‘qigan namozlaringiz ajrini) zoye ketkizmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir» (Baqara, 143).
«(Ey Muhammad), imon keltirgan bandalarimga ayting, namozni mukammal ado etsinlar hamda savdo-sotiq va oshna-og‘aynigarchilik bo‘lmaydigan Kun (qiyomat) kelmay turib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan xufyona va oshkora ehson qilsinlar!» (Ibrohim, 31).
«Quyosh og‘ishidan to tun qorong‘usigacha namozni mukammal ado qiling va tonggi o‘qishni (bomdod namozini) ham (ado qiling). Zero, tonggi o‘qish (farishtalar) hozir bo‘ladigan (namoz)dir. Tunda (bir qismida) uyg‘onib o‘zingiz uchun tahajjud (nafl) namozini o‘qing!
Shoyadki, Rabbingiz Sizni (Qiyomat kunida) maqtovli (shafoat qiladigan maqomda) tiriltirsa» (Al-Isro, 78-79).
“Ahlingizni namoz (o‘qish)ga buyuring va (o‘zingiz ham) unga (namozga) bardoshli bo‘ling!” (Toha, 132).
«Darhaqiqat, mo‘minlar najot topdilar. Ular namozlarga (qo‘rquv va umid bilan) bo‘yin eguvchi kishilardirlar. Ular (barcha) namozlarni (vaqtida ado etib qazo bo‘lishdan) saqlaguvchi kishilardir»
(Mo‘minlar, 1-2, 9).
«Albatta, namoz fahsh va yomonlikdan qaytarur! Albatta, Allohning zikri (barcha narsadan) ulug‘dir!»
(Ankabut, 45).
«Bas (ey, Muhammad), ular (kofirlar) aytayotgan so‘zlarga sabr qiling va Quyosh chiqishida va botishidan avval Rabbingizga hamd bilan tasbeh ayting (namoz o‘qing)! Yana kechaning (bir qismida) va sajdalar (namozlar) ortidan tasbeh ayting!» (Qof, 39-40).
Gap yo
uzb
zor
qowilaman
Kerak mengahoziroq
Zòr
Kerak
juda ajoyib
menga juda yoqdi
Alloh ishingizga rivoj bersin