Kitob Muallifi: Noma'lum

Kitob janri: Islomiy kitoblar;

Adabiyot turi: To'plam

Kitob tili: O'zbek tili

Nashr yili: 2019


Kitob haqida

Ushbu kitobda quyidagi suralar

  1. Fotiha
  2. Yasin
  3. Kavsar
  4. Falaq
  5. Nos

Arabcha yozilishi, o’zbekcha tarjimasi keltirilgan. Undan tashqari har bir sura haqida to’liq qo’shimcha ma’lumot keltirilgan. Masalan Suralarni nozil bo’lish sabablari, bu suradan odamlar nimalarni o’rganishi mumkinligi, oyatlar tarixi haqida turli allomlarning rivoyatlari keltirilgan.

Suralar kitobi sahifalaridan parcha

Labid ibn al-A’sam degan bir munofiq o’zini musulmon ko’rsatib, Payg’ambar huzurlariga
kelib-ketib yurar va ba’zi hojatlarini ado etishda xizmat qilib turar ekan. Shu xodimni qo’lga
olib bir guruh yahudiylar uning yordamida Rasulullohning to’kilgan sochlari va tarog’idan
sinib tushgan tishlarini qo’lga tushiradilar va shu narsalarga sehr jodu qilib bir eski quduqqa
tashlaydilar. Shundan keyin Rasulullohning sochlari to’kilib, olti oy betob bo’lib yotib
qoladilar. Bir kuni ikki farishta kelib, biri tizzalari ro’parasiga, ikkinchisi bosh tomonlariga
o’tirib bir-biri bilan savol-javob qiladilar

— Unga nima bo’libdi? -desa, ikkinchisi:
— Sehrlanibdi, — der edi.
— Kim sehrlabdi?
— Labid ibn al-A’sam ismli bir yahudiy.
— Sehrni nimaga o’qibdi?
— To’kilgan sochlari va taroq tishlariga.
— Sehr o’qilgan narsalar qayerga tashlangan?
— Zarvon ismli quduqqa.
Shundan keyin odam yuborib ko’rsalar, haqiqatan, o’sha quduqda soch tolalari, taroq
tishlari va nina suqilgan yana o’n ikkita tugun bor ekan. Shu paytda Alloh taolo mazkur ikki
surani nozil qiladi. Suralarni har bir marta o’qiganlarida, bittadan tugun yechilar ekan.
Shunday qilib, o’n ikki marta o’qiganlarida darddan butunlay foriq bo’lib ketgan ekanlar.
Rasul Akram (s. a. v.) sahobalarning: «Labidni qatl etaylik», — degan talablarini esa rad qilgan
ekanlar.

13 thoughts on “Suralar Kitobi. Qu’roni Karimdan ayrim suralar”

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *