Abdulla Qodiriy — O’tgan kunlar

26.11.2018

O'tgan kunlar

Kitob Muallifi: Abdulla Qodiriy
Hajm: 761 KB, Fayl: PDF

Kitob haqida ma'lumotlar

Kitob Janri: Badiiy kitoblar, Badiiy asar
Badiy Shakli: roman, Kitob tili: o'zbek
Nashr Yili: 0
Yosh cheklovi: 12+

АНОТАЦИЯ

Yozg‘uchidan
Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o‘xshash dostonchiliq, ro‘monchiliq va hikoyachiliqlarda ham yangarishg‘a, xalqimizni shu zamonning «Tohir-Zuhra»lari, «Chor darvesh»lari, «Farhod-Shirin» va «Bahromgo‘r»lari bilan tanishdirishka o‘zimizda majburiyat his etamiz.

Yozmoqqa niyatlanganim ushbu — «O‘tkan kunlar», yangi zamon ro‘monchilig‘i bilan tanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘risi, bir havasdir. Ma’lumki, har bir ishning ham yangi — ibtidoiy davrida talay kamchilik-lar bilan maydong‘a chiqishi, ahllarining yetishmaklari ila sekin-sekin tuzalib, takomulga yuz tutishi tabiiy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va
xatolardan cho‘chib turmadim. Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar. Shunga ko‘ra mavzu’ni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tari-ximizning eng kirlik, qora kunlari bo‘lg‘an keyingi «xon zamonlari»dan belguladim.
Abdulla Qodiriy (Julqunboy)

Один комментарий

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.