Kitob Muallifi: Frans Kafka

Kitob janri: Badiiy kitoblar;

Adabiyot turi: Roman

Kitob tili: O'zbek tili

Nashr yili: 1925


Kitob haqida

Nashriyotimiz nomiga kelgan maktublar orasida Frans Kafka ijodiga qiziquvchilar talaygina ekanligi, ochigʼi, bizni hayratga soldi. Demak, oʼziga xos favqulodda isteʼdod egasi boʼlgan, yozganlarini anglashga intilishimiz mutolaaga qayta va yana qayta «majbur» qiladigan adib asarlari oʼzbek kitobxonining ham qalbiga yaqin. Bundan boshimiz koʼkka yetdi. Vafo Fayzulloh tarjimasi asosida nashrga tayyorlangan mazkur kitob Kafkaning dunyo kitobxonlari qalbini larzaga solgan ikki asari – «Jarayon» va «Otamga xat»ni oʼz ichiga olgan. Har ikkala asar haqida oʼquvchiga qisqacha maʼlumot berish juda qiyin va ayni paytda juda masʼuliyatli ish. Chunki ulardagi mohiyatni bir qolipga sigʼdirib boʼlmaydi. Insoniyatning qismati, yashash huquqi, erki, qadr-qimmati, daxlsizligi toʼgʼrisida uning oʼzi bilganlaridan tashqari yana ham murakkabroq, yana ham chigalroq mulohazalar borki, ular haqida taqdim etilayotgan har ikkala asarda oʼqiymiz

4 thoughts on “Jarayon”

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *